» » Video: “Tarixdagi eng yomon chang‘ichi”

Video: “Tarixdagi eng yomon chang‘ichi”


Finlandiyaning Laxti shahrida bo‘lib o‘tayotgan chang‘i sporti bo‘yicha jahon chempionati doirasidagi 10 kilometr masofadagi saralash bahslarida venesuelalik chang‘ichi Adrian Solano alohida ajralib turdi. U bir necha bor yiqilib, chang‘i tayog‘ini sindirdi va g‘alati texnikani namoyish qildi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

Tomoshabinlarning ko‘pchiligi sportchi bilan yuz bergan vaziyatlarni kulgi bilan qarshi oldi, biroq ba’zilari uni olqishlar bilan qo‘llab-quvvatladi. Chang‘ichi poyga yetakchisidan 38 daqiqa kech qolib, 6,1 kilometr masofada bahsni tark etdi.

Keyinroq sportchi vaziyatga tushuntirish berib, qorda mashg‘ulot o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaganligini aytdi. Venesuelada esa mashg‘ulotlar maxsus g‘ildirakli chang‘ilarda o‘tkaziladi.

Musobaqa boshlanguniga qadar Adrian Shvetsiyada bir oy mashg‘ulot o‘tashi kerak edi. Biroq u mashg‘ulot joyiga ketish paytida fransuz chegarachilari tomonidan Yevropaga noqonuniy kirishda gumon qilinib, deportatsiya qilingan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют