» » Qozog‘iston TIV mamlakatning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan ayblovlarga izoh berdi

Qozog‘iston TIV mamlakatning O‘zbekistondagi elchisiga nisbatan ayblovlarga izoh berdi


Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev mamlakat tashqi ishlar vazirligi sobiq mas’ul kotibi Anarbek Karashevning ishi bo‘yicha o‘tmoqda. Bu haqda vazirlik rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Informbyuro”.

“Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi masalasi sobiq mas’ul kotib Karashevga nisbatan olib borilayotgan tergov harakatlari davomida ko‘tarilmoqda. Bizning qat’iy pozitsiyamiz har qanday moliyaviy huquqbuzarliklarni aniqlash va barham berishdan iborat. TIV tergov organlariga bu borada har tomonlama ko‘mak bermoqda”, — dedi Korrupsiyaga qarshi kurash byurosi tarqatgan ma’lumotga izoh bergan Smadiyarov.

Eslatib o‘tamiz, byuro Yerik Utembayev Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’muriy binosi qurilish ishlari yakunlangani haqidagi soxta aktlarga imzo qo‘ygani va davlatga 380 ming dollardan oshiq zarar keltirganini bildirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 14:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют