» » 13 ming bitiruvchi salkam 20 mlrd so‘mlik soliq imtiyozidan foydalanmoqda

13 ming bitiruvchi salkam 20 mlrd so‘mlik soliq imtiyozidan foydalanmoqda


Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limining “Daryo”ga xabar qilishicha, bugungi kunda 13 ming bitiruvchi salkam 20 milliard so‘mlik soliq imtiyozidan foydalanmoqda.

Soliq kodeksining 375-moddasiga asosan yangi ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkor, shu jumladan, oilaviy tadbirkorlik subyekti qat’iy belgilangan soliqni davlat ro‘yxatiga olingan oyidan emas, balki keyingi oydan boshlab to‘lashi belgilab qo‘yilgan.

Shu bilan birga, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari kollejni tamomlaganidan keyin o‘n ikki oy ichida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan taqdirda, olti oy muddatga qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan ozod etilgan. O‘tgan yili ushbu imkoniyatdan respublika bo‘yicha 94,6 ming yakka tartibdagi tadbirkor foydalanib, shundan 85,7 ming nafari yangi ro‘yxatdan o‘tgani uchun, 8,9 ming nafari yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklidagi faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyekti sifatida qat’iy belgilangan soliq va sug‘urta badali to‘lovlarini o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yganidan keyingi oydan boshlab to‘lagan.

2018 yilda 13 ming nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tib, 19,5 milliard so‘m imtiyozdan foydalangan holda qat’iy belgilangan soliqni to‘lashdan olti oy muddatga ozod etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 18:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют