» » Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilar uchun “Biz sizga ko‘makchimiz” aksiyasini o‘tkazmoqda

Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilar uchun “Biz sizga ko‘makchimiz” aksiyasini o‘tkazmoqda


Soliq islohotlari doirasida 2019-yil 1-yanvardan soddalashtirilgan soliq to‘lovi tizimidan umumbelgilangan soliq tizimiga o‘tayotgan soliq to‘lovchilarni tayyorlash bo‘yicha amaliy tadbirlar aksiyasi boshlandi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi ma’lum qildi.

Unga muvofiq, soliq to‘lovchilarning hisobotlari asosida tovar aylanmasi 1 milliard so‘mdan oshgan va oshishi kutilayotgan, soddalashtirilgan soliq tartibidan umumbelgilangan soliq to‘loviga o‘tadigan xo‘jalik subyektlari (nomzodlar) ro‘yxati shakllantirilgan.

Ushbu ro‘yxatdagi har bir soliq to‘lovchiga xabarnomalar yuborilib, kelgusi yildan qanday soliqlar to‘lashi, hisobotlar topshirishi, soliqlarni to‘lash muddatlari hamda elektron hisob fakturalarini yuritishlari uchun buxgalterlar xizmati zarur yoki yo‘qligiga aniqlik kiritiladi.

Hisobot topshirishlari, elektron hisob fakturalarini yuritishlari va soliq to‘lovlarini amalga oshirishlari uchun ro‘yxati tuzilgan 20 mingga yaqin soliq to‘lovchilarga bepul Elektron imzo kaliti beriladi (mavjudlarining muddati avtomatik ravishda 1 yilga uzaytiriladi).

Buxgalterlari yo‘q xo‘jalik subyektlariga elektron hisob fakturalarini yuritish uchun “Soliq-servis” DUK mas’ul xodimlari biriktirilib, bepul xizmat ko‘rsatiladi.

Har bir soliq to‘lovchining “shaxsiy kabineti” orqali qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda soliqlarini hisoblab chiqarish va to‘lash bo‘yicha Uslubiy qo‘llanmalar yuboriladi.

Malakali mutaxassislar tomonidan har bir tuman (shahar)dagi ro‘yxati shakllantirilgan nomzod korxonalarning barchasi Davlat soliq inspeksiyasiga taklif etilib, maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkaziladi.

Davlat soliq inspetsiyalaridan har bir bunday korxonalarga biriktirilgan xodimlar tomonidan birinchi marotaba topshiriladigan hisobotlar yoki to‘ldiriladigan elektron hisob fakturalari birgalikda amalga oshiriladi hamda 2019-yil davomida bevosita yordam ko‘rsatib boriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 19:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют