» » O‘zgidromet Toshkentdagi “loy yomg‘ir” sababini ma’lum qildi

O‘zgidromet Toshkentdagi “loy yomg‘ir” sababini ma’lum qildi


Toshkentda 15-oktabr, dushanba kuni kuzatilgan noodatiy “loy yomg‘ir”iga kuchli shamol keltirib chiqargan chang bo‘roni sabab bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston FVV qoshidagi gidrometeorologiya xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“15-oktabr kechasi shamolning sekundiga 12—14 daqiqagacha kuchayishi kuzatilib, ko‘rish 1800—2000 metrgacha yomonlashuvi bilan bog‘liq chang bo‘roni boshlandi. Bunday holat bizda bundan ham kuchliroq shamollarda ham kuzatilmagan”, — deydi O‘zgidrometeorologiya.

“Bunday jadallikdagi chang bo‘ronining yuzaga kelishiga Toshkentda oxirgi vaqtlarda olib borilayotgan faol qurilishlar sabab bo‘lgan. Ko‘plab tumanlarda yangi uylar, ko‘priklar barpo etilmoqda, yangi yo‘llar qurilmoqda, eskilari ta’mirlanmoqda. Yerni kovlash bilan bog‘liq ishlar quruq yer uchastkalarining keng maydonlari, qum, changning yuzaga kelishiga olib kelib, ular shamol tezligi sekundiga hatto 10—12 metrga kuchayganda ham havoga ko‘tariladi”, — aniqlik kiritadi markaz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 20:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют