» » Istanbulda Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistoni konsuli qarorgohiga kirdi

Istanbulda Turkiya politsiyasi Saudiya Arabistoni konsuli qarorgohiga kirdi


Turkiya politsiyasi saudiyalik muxolifatchi jurnalist Jamol Xashoggining g‘oyib bo‘lishi yuzasidan surishtiruv doirasida tintuv o‘tkazish uchun Saudiya Arabistonining bosh konsuli qarorgohiga kirdi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Politsiya tintuv uchun zarur bo‘lgan qurilmaga ega ekanligi ta’kidlanmoqda. Avvalroq Xashoggi ishi surishtiruvi bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tarkibida Saudiya Arabistoni vakillari ham elchixonaga kirgan edi.

Amerikaning The Washington Post gazetasida ishlovchi Xashoggi 2-oktabr kuni Turkiyada Saudiya Arabistonining Istanbuldagi elchixonasiga kirgandan so‘ng g‘oyib bo‘lgan edi.

Avvalroq Turkiya OAVlari binoni birinchi marta ko‘zdan kechirish 9 soatdan ortiq davom etganligi va unda politsiyachilar go‘yoki Xashoggi o‘ldirilganligi dalillarini topganligini ma’lum qilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 22:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют