» » YeTTB O‘zbekistonga infrastruktura loyihalari uchun 333 mln yevrolik uzoq muddatli kreditlar ajratadi

YeTTB O‘zbekistonga infrastruktura loyihalari uchun 333 mln yevrolik uzoq muddatli kreditlar ajratadi


Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga 6 ta infrastruktura loyihasini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 333 million yevrolik uzoq muddatli kreditlar ajratadi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.

Mablag‘lar Toshkent shahri, Xorzam va Namangan viloyatlarida suv va issiqlik, Navoiy viloyatida elektr energiyasi ta’minotini yaxshilashga sarflanadi.

“O‘zbekistonda salkam 33 million kishi istiqomat qiladi. Biroq Markaziy Osiyoning aholisi eng ko‘p davlati o‘nlab yillar davomida kommunal sohaga yetarlicha investitsiya kiritilmaganidan aziyat chekib kelgan”, deyiladi bank matbuot xizmati xabarida.

Ma’lumot uchun, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki shu kungacha O‘zbekiston iqtisodiyotiga 61 ta loyiha doirasida 9,3 milliard yevro ajratdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-10-2018, 22:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют