» » 2018-yil 1-noyabrdan Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chiptalar narxi oshiriladi

2018-yil 1-noyabrdan Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chiptalar narxi oshiriladi


2018-yil 1-noyabrdan Afrosiyob tezyurar poyezdlariga chiptalar narxi oshiriladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu elektr energiyasi, xomashyo, ehtiyot qismlar uchun barcha xarajatlarni qoplash va xodimlarga munosib ish haqi to‘lash uchun zarur chora hisoblanadi.

Narxlarni tartibga solish poyezd yo‘nalishlari soni ko‘payishiga olib kelishi va ijtimoiy ahamiyatga ega yo‘nalishlarni doimiy ravishda ta’minlab turish imkonini berishi bildirilmoqda.

Narxlar qanchaga oshishi ma’lum qilinmagan.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunda Toshkent—Buxoro—Toshkent, Toshkent—Shahrisabz—Toshkent, Toshkent—Samarqand—Toshkent yo‘nalishlarida 4 ta Afrosiyob tezyurar poezdi harakatlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 08:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют