» » Amerikalik politsiyachi ayol YouTube’dagi mushuk haqidagi rolik uchun 8 yoshli qizini do‘pposladi

Amerikalik politsiyachi ayol YouTube’dagi mushuk haqidagi rolik uchun 8 yoshli qizini do‘pposladi


AQShda politsiyachi ayol Jeymi Makdonald YouTube’da video e’lon qilgan sakkiz yoshli qizchasini do‘pposlaganlik aybi bilan hibsga olingan. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ofitser qizchasi ularning mushugini videoga olayotganini ko‘rgach, qizchani urgan va yerga ag‘anatib yuborgan. Videoda qizcha onasining mushukchadan xalos bo‘lishga qaror qilgani uchun qanday yig‘layotgani aks etgan.

Qizchaning politsiyachilarga ma’lum qilishicha, Makdonald dastlab uni YouTube’dagi videoni o‘chirib tashlashga majbur qilgan, keyin esa uni yerga yiqitib, qorniga o‘tirib olgan hamda qo‘li va yuziga tinimsiz urishni boshlagan. Ayolni uning 12 yoshli o‘g‘li otasiga qo‘ng‘iroq qilish tahdidi bilan to‘xtatib qolgan. U qizni kaltaklashdan to‘xtagan, biroq bolalardan mobil telefonlarni olib qo‘ygan.

Makdonaldning sobiq eri Devid Grentem bolalarni maktabdan olganda, qizchaning yuzidagi ko‘kargan joylarni ko‘rgan va darhol politsiyaga murojaat qilgan. Politsiyachilar ham qizning bo‘yni va qo‘lidagi lat yegan joylarni payqagan.

Bolalarning ko‘rsatmalaridan keyin Makdonald hibsga olingan, biroq tezda 25 ming dollar garov evaziga ozodlikka chiqqan. Ayol politsiyada 2002-yildan buyon ishlagan, hodisadan keyin unga ma’muriy ta’til berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 10:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют