» » O‘zbekistonda eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmasligi tartibi belgilandi

O‘zbekistonda eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmasligi tartibi belgilandi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Qaror bilan Bosh prokuratura, Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Tashqi savdo, Iqtisodiyot va Qishloq xo‘jaligi vazirliklarining quyidagi tartibni belgilash to‘g‘risidagi takliflari qabul qilindi:

Yuridik shaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki to‘lovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport shartnomasini siyosiy va tijorat xavflaridan sug‘urta polisisiz amalga oshirish huquqiga ega;

Yuridik shaxslar — meva-sabzavot mahsulotlari eksportidan tushumlarni o‘z vaqtida ta’minlamagan meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilari meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishda 100 foizlik oldindan to‘lov olish talablari ularga qo‘llangan holda nohalol meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilar reyestriga kiritilad;

Tadbirkorlik subyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega bo‘lmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga ega.Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarning meva-sabzavot mahsulotlari eksport tushumlariga yagona soliq to‘lovi to‘lanishini nazarda tutuvchi soliqqa tortish tartibi qo‘llaniladi;

Eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilmaydi, bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfi belgilari aniqlangan holatlar bundan mustasno. Bunda hujjatlarda mavjud ma’lumotlarning ishonchliligi, shuningdek, tovarlarni O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan noqonuniy olib o‘tish uchun eksport qiluvchi javobgar;

Tadbirkorlik subyektlari o‘zlariga ajratilgan yer uchastkalarida meva-sabzavot mahsulotlarini bevosita ularni yetishtirish joylarida sug‘orish, tayyorlash va saqlash bo‘yicha infratuzilma obyektlari qurish uchun yengil konstruksiyalarni qurish yuzasidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishi mumkin.

Hujjat bilan O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar uyushmasi tuzilishi va Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchilar axborot portali ishga tushirilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 10:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют