» » Farg‘ona shahri va tumaniga yangi hokim tayinlandi

Farg‘ona shahri va tumaniga yangi hokim tayinlandi


Farg‘ona shahri va tumaniga yangi hokimlar tayinlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar bermoqda.

Farg‘ona shahriga Ravshan Rahimjonov vaqtinchalik yangi rahbar etib tayinlangan. U shu vaqtgacha kommunal xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat ko‘rsatgan.

Farg‘ona tumaniga esa Ilhom Nosirov hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. U 2017-yilning martidan shu kungacha Farg‘ona viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida ishlagan.

15-oktyabr kuni Farg‘ona viloyati Shuhrat G‘aniyev rahbarligida viloyat faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda birdaniga viloyatdagi ikki hudud – Farg‘ona shahri va Farg‘ona tumani hokimlari lavozimidan ozod etilgan edi.

Farg‘ona tumani hokimi Sodiqjon Qodirovich Imomaliyevning ishdan olinishi qishloq xo‘jaligi ishlariga sustkashlik bilan yondashgani, ayrim yer maydonlarining noqonuniy ajratilishi holatlarining mavjudligi kabi sabablar bilan bog‘langan.

Farg‘ona shahri hokimi Shavkat Shokirovich Erkaboyev esa shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 12:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют