» » Chirchiqdagi harbiy bilim yurti muzeyiga bir qator tarixiy buyumlar sovg‘a qilindi (foto)

Chirchiqdagi harbiy bilim yurti muzeyiga bir qator tarixiy buyumlar sovg‘a qilindi (foto)


O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti markaziy kengashi rahbariyati tomonidan Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti muzeyiga qadimgi va o‘rta asrlarga doir kulolchilik namunalari, I va II jahon urushlarida foydalanilgan qurol-yarog‘ nusxalari hamda rassom Rahim Rizamuhamedov tomonidan yaratilgan tarixiy janrdagi rangtasvir asarlari hadya etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

“Yoshlarni tarixga nisbatan hurmat hissida tarbiyalash va ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda mazkur buyumlardan keng foydalanmoqchimiz. O‘zbek xalqining milliy hunarmandchiligi aks etgan sopol buyumlar moziy madaniyatidan so‘zlasa, tosh qurollardan mudofaada foydalanilgan to‘plarning yadro toshlari harbiy san’atning kelib chiqishi haqida gapiradi”, deydi bilim yurti boshlig‘ining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik Akrom Shoxakimov.

Yaqinda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining tarixiy muzeyi qayta ta’mirdan chiqdi, ekspozitsiyasi zamonaviy muzey talablari asosida yangilanish arafasida. Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan muzeyga taqdim etilgan buyumlar esa kelgusi avlod uchun munosib meros bo‘lishi shubhasiz.

Eslatib o‘tamiz, 16-noyabr — Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti tashkil topgan kun hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 13:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют