» » “Boksga kel! Meni seni uxlashga yotqizib qo‘yaman”. Floyd Habibga chaqiriq bilan chiqdi

“Boksga kel! Meni seni uxlashga yotqizib qo‘yaman”. Floyd Habibga chaqiriq bilan chiqdi


Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer UFC chempioni Habib Nurmagomedov bilan faqat boks qoidalari bo‘yicha jang qilishi mumkinligi haqida ma’lum qildi. Bu haqda TMZ xabar berdi.

Biz jang qilamiz. Men o‘zimga o‘zim xo‘jayinman. U tarafda Habib nimani o‘ylayotganidan xabarim yo‘q, ammo biz bunday jangni tashkil etishimiz mumkin. U Instagram’da Las-Vegasda jang qilmayman deb yozibdi. Biroq hammamiz Las-Vegasning janglar poytaxti ekanligini yaxshi bilamiz. Bu yerda sen nafaqat jang vaqtida, balki undan keyin ham o‘zingni haqiqiy professionallardek tutishing lozim. U Makgregor bilan jangdan so‘ng o‘zini noprofessionallarcha tutdi. Men videosini ko‘rmadim, biroq kaminaga Habibning ahmoqona ish qilganini aytishdi. Boks yoki MMA? Kim ushbu jangni xohlaydi? Habib menga chaqiruv tashladi. Demak, u mening dunyomga kirishiga to‘g‘ri keladi.  Faqat boks — o‘yin mening qoidalarim bo‘yicha. U mening Makgregorni qulata olmaganim haqida gapiribdi. Unda boksga kel! Men seni uxlashga yotqizib qo‘yaman. Men Habib bilan jangdan, Konor bilan jangdagi mablag‘dan ham ko‘p pul ishlayman. O‘ylashimcha, bu mablag‘ 200 million dollar atrofida bo‘ladi.

Floyd Meyvezer, bokschi

Ma’lumot uchun, avvalroq Habib Floydni jangga chorlagandi. Keyin esa faqat jang Las-Vegasda bo‘lmasligi haqida gapirdi. Floyd esa Las-Vegasda u bilan jang qilishga tayyorligi haqida bayonot berdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 13:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют