» » Chevrolet Tracker Captiva’ga raqobatchi emas

Chevrolet Tracker Captiva’ga raqobatchi emas


Chevrolet Tracker Captiva’ga raqobatchi emas. Tracker ancha kichik va ancha arzon mashina, Chevrolet model qatorida eng arzon krossover. Bu haqda Farhod Fayzullayev o‘zining Telegram’dagi kanalida fikr yuritgan.

“Internetni 15 daqiqa titkiladim va Tracker’ni Cobalt’ga solishtirdim. Tracker Cobalt’dan 23 santimetr — bir qarichga kaltaroq. Cobalt o‘zi katta emas, Tracker esa undan sezilarli kichkina”, deya yozadi muallif.

“Chunki Tracker’ning bagajnigi yo‘q-da”, deyishingiz mumkin. Unda keling, g‘ildiraklari orasidagi masofani o‘lchaymiz (kolesnaya baza). Bunda ham Cobalt kattaroq — uning ballonlari orasidagi masofa Tracker’ga solishtirganda 6,5 santimetrga uzunroq. “Kolesnaya baza” kalta degani mashina orqasidagi o‘rindiqlar va old o‘rindiqlar orasi tor degani.

“Ana shunaqa, ja zo‘r mashina emas. Cobalt’dan kichikroq bo‘lsayam, o‘zi yaxshiroq, yangiroq. Ammo Captiva’ga konkurent emas. Narxiyam Cobalt va Gentra’dan baland, ammo Malibu va Captiva’dan ancha arzon bo‘lsa kerak”, deb xulosa qiladi muallif.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 14:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют