» » O‘zbekistonda yerlarni bosqichma-bosqich xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

O‘zbekistonda yerlarni bosqichma-bosqich xususiylashtirishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda


Adliya vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi maqsadlarida bo‘lmagan yer uchastkalariga xususiy mulk huquqini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hujjat loyihasi tayyorlandi va jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra 2019-yil 1-iyuldan boshlab:

Yuridik shaxslar, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar — rezidentlar o‘zlariga tegishli bo‘lgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari, shuningdek, ularga tutash yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega bo‘lishi;

O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatda doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyga xizmat ko‘rsatish uchun ajratilgan yer uchastkalarini xususiylashtirish huquqiga ega bo‘lishi;

Yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar — O‘zbekiston rezidentlari, shuningdek, mamlakat fuqarolari yer uchastkalari bilan birgalikda xususiylashtirish tartibida davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olishlari mumkinligi nazarda tutilgan.

Yer uchastkalarini xususiylashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qarorlari asosida pullik asosda amalga oshiriladi.

Loyihada aniqlashtirilishicha, yer uchastkalarini xususiylashtirish faqat bosh rejalar va batafsil rejalashtirish loyihalari, shuningdek, ko‘chmas mulk kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan aholi punktlarida joylashgan yer uchastkalariga nisbatan amalga oshiriladi.

2021-yil 1-yanvargacha yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun to‘lov, ularning joylashgan joyi, kommunikatsiyalar va boshqa sharoitlar mavjudligiga qarab aniqlanuvchi kadastr baholanishi bo‘yicha, 2021-yil 1-yanvardan keyin bozor qiymati bo‘yicha amalga oshiriladi.

Jismoniy va yuridik shaxslarni yer uchastkalarini xususiylashtirishga rag‘batlantirish, shuningdek, yer uchastkasining egasi va foydalanuvchisi maqomini aniq belgilash uchun yer uchastkalari mulkdorlariga belgilangan yer solig‘i stavkasini 1/2 qismga kamaytirish taklif etildi.

Yer umummilliy boylik hisoblanishini inobatga olinib, loyiha bilan xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini sotib olishda cheklovlar belgilash nazarda tutiladi. Shuningdek, qaror bilan xususiylashtirilmaydigan yer uchastkalariga ham aniqlik kiritiladi.

Muhokama 1-noyabrga qadar davom etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 15:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют