» » Davlat soliq qo‘mitasi baliqchilik rivoji yo‘lidagi 76 mlrd so‘mlik loyihani amalga oshirmoqda

Davlat soliq qo‘mitasi baliqchilik rivoji yo‘lidagi 76 mlrd so‘mlik loyihani amalga oshirmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi aholining vitamin va mikroelementlarga boy baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan 76 milliard so‘mlik yirik loyihani amalga oshirmoqda. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Loyiha natijasida joriy yilning yakuniga qadar 18 750 tonna, ya’ni o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobarga ko‘p baliq yetkazib berilishi kutilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-martdagi 124-sonli qaroriga asosan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining baliq resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash va samarali boshqarishni tashkil etish, biologik xilma-xillikni saqlash, baliqchilikni rivojlantirish, shuningdek, tabiiy suv havzalarida baliqlarni ko‘paytirish bilan bog‘liq masalalarni hal etishga kompleks yondashish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi huzurida “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi direksiyasi” DUK tashkil etilgan.

Hozirda mazkur hududning umumiy maydoni 370 ming gektarga teng bo‘lib, uzunligi 180 kilometr, kengligi o‘rtacha 21 kilometr, eng chuqur joyi esa 45 metrni tashkil qilmoqda. Ko‘llar tizimida ko‘plab orolchalar hamda quruqliklar mavjud.

Davlat soliq qo‘mitasi rivojlangan mamlakatlar tajribasini joriy qilish maqsadida Xitoy, Turkiya, Vyetnam, Fransiya, Saudiya Arabistoni hamda Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasidan laboratoriya uskunalari va serhosil baliq turlari olib kelinayotgan bo‘lsa, turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda baliqlarni qayta ishlash sexlarini tashkil etish, Birlashgan Arab Amirliklari bilan qafas (sadok) moslamalarida baliq yetishtirishni yo‘lga qo‘yish hamda Saudiya Arabistoni bilan tabiiy suv havzasida baliq yetishtirish bo‘yicha hamkorlikdagi qator loyihalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘llar tizimini to‘liq baliqlantirish imkoniyatiga ega bo‘lgan 450 gektar sun’iy suv havzasi barpo etilib, baliq chavoqlarini yetishtirish hamda 500 gektar yer maydonida baliq chavoqlarini oziqlantirish uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish maqsadida direksiyaning avtoparki shakllantirildi. Xususan, kredit mablag‘lari hisobidan 3 dona “ISUZU” avtomashinasi (2 dona yuk va 1 dona muzlatkichli), 1 dona frontal yuklagich, 1 dona buldozer, 2 dona “MAN” rusumli avtosamosval va 4 dona traktor hamda boshqa qishloq xo‘jaligi agregatlari xarid qilindi. Qo‘shimcha ravishda 3 ta ekskovator, baliq chavoqlari va baliqlarni tashish uchun maxsus avtomashina, muzlatkichli yuk avtomobiliga ham buyurtma berilgan.

To‘liq tizimli inkubatsiya sexlari, baliq yetishtiriladigan parvarishxonalar hamda baliq o‘stirish havzalari, ishlab chiqarish binolarini qurish, maxsus texnika vositalari sotib olish, baliqni qayta ishlash, qadoqlash, baliq uni va yem ishlab chiqarish uskunalarini sotib olish uchun qo‘shimcha kredit liniyalari o‘zlashtirilishi maqsad qilingan.

Hozirda ko‘llar tizimini baliqlantirish uchun 5,2 mln. dona baliq chavoqlari yetishtirilmoqda. Shuningdek, oktyabr-noyabr oylarida rejadagi 7 mln. dona baliq chavoqlari ko‘llar tizimiga tashlanadi. Joriy yil yakuniga qadar rejadagi 100 gektar sun’iy suv havzalari barpo etiladi. To‘liq tizimli inkubatsiya sexining qurilish ishlari yakunlanish arafasida bo‘lib, yil yakuniga qadar shay holatga keltiriladi.

E’tiborlisi, intensiv usulda baliq yetishtirishni tashkil etish uchun shu yerning o‘zida qafas (sadok) moslamalari tayyorlaydigan ishlab chiqarish sexi barpo etildi.

Arnasoy ko‘li atrofida 2 dona har birining sig‘imi 25 kub metr bo‘lgan baliqlarni saqlash muzlatkichlari tashkil qilindi.

Rossiya Federatsiyasining “Tyumen sudokomplekt” zavodidan keltirilgan 2 dona katta kater uchun prichal qurilmoqda.

Shu kungacha ko‘llar tizimida 477 ta yangi ish o‘rni yaratilgan bo‘lsa, loyiha to‘liq ishga tushishi natijasida mehnat qilayotgan ishchilar soni 2000 nafarga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Ko‘llar tizimidagi tabiiy suv havzalarida elektr yordamida baliq ovlash avj olganligi, baliq zaxirasiga va uning nasl berishiga jiddiy ziyon yetkazishi bois brakonyerlikka qarshi kurashish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Prokuratura huzuridagi departament va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 16:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 56) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют