» » Respublika ishchi guruhi tomonidan Xonobod shahrida aniqlangan 79,5 foiz muammo joyida hal etildi

Respublika ishchi guruhi tomonidan Xonobod shahrida aniqlangan 79,5 foiz muammo joyida hal etildi


Xalq deputatlari Andijon viloyati Xonobod shahar kengashining navbatdagi sessiyasida mahalla va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy ahvolni hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va bartaraf etish bo‘yicha Respublika ishchi guruhi tomonidan o‘rganish natijalari muhokama qilindi. Tadbirda deputatlar, hokimlik, davlat boshqaruvi organlari, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.

Xonobod shahrida 2018-yilda aholi bandligiga ko‘maklashish davlat dasturiga muvofiq, 477 ta ish o‘rni tashkil etilgani, 2018—2019-yillarda qo‘shimcha 827 ta yangi ish o‘rni yaratish bo‘yicha dastur ishlab chiqilgani qayd etildi.

2018–2019-yillarda ishlab chiqarish va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida 21 million 634 ming AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish to‘g‘risidagi topshiriq ijrosi xususida so‘z yuritildi.

Shaharda jami 68 ta bo‘sh turgan bino, qurilishi tugallanmagan obyekt va foydalanilmayotgan yer maydoni mavjudligi aniqlanib, ulardan samarali foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Shaharni obodonlashtirish, ko‘chalarni zamonaviy qiyofaga keltirish, turizmni rivojlantirish, ichimlik suvi tarmog‘i hamda shahar madaniyat va istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish, 39 kilometrlik ichki yo‘llarni ta’mirlash, dam olish maskanlari, sihatgohlar, mehmonxonalar qurilishini jadallashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, kommunal xizmat ko‘rsatish, jumladan, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Shahardagi 86 ta ko‘p qavatli uy infratuzilmasi, aholining yashash sharoitini yaxshilash, ko‘mir omborxonasini qurish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Respublika ishchi guruhi tomonidan shahardagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inidagi 8 mingdan ortiq xonadon hamda ijtimoiy va boshqa obyektlarda 617 muammo aniqlangan. Ularning 491 tasi yoki 79,5 foizi joyida hal etilgan.

Respublika ishchi guruhi ko‘magi bilan Teyit mahallasi ko‘chalariga 4,4 kilometr, Xidirsha mahallasi hududida 1,8 kilometr uzunlikda ichimlik suvi tarmog‘i tortildi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, oilaviy poliklinika va boshqa ijtimoiy soha obyektlaridagi muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish, infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Tabiiy gaz, gaz balloni, ko‘mir ta’minoti, uy-joy, sog‘liqni saqlash, bandlik va boshqa yo‘nalishlarda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha sektorlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Sessiyada muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 22:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют