» » OAV: Yangilangan Nokia 3310 internetga ulanishi mumkin

OAV: Yangilangan Nokia 3310 internetga ulanishi mumkin


Yangilangan Nokia 3310 modeli o‘z dizaynini saqlab qoladi, biroq ekrani rangli bo‘ladi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda. 

Mashable manbalariga ko‘ra, Nokia 3310 korpusi yengil va yupqaroq bo‘ladi. Bir necha ranglar, jumladan, qizil, yashil va sariq ranglarda taqdim etiladi. Ekran kengroq, telefon tugmalari esa kattaroq bo‘ladi, lekin ularning joylashishi eski versiyalardagi kabi qoladi.

Shuningdek, telefon internetga ulanishi mumkin, biroq unda sahifalarni ko‘rish imkoni cheklangan bo‘ladi. 

Barselonadagi Butunjahon mobil kongressida 26-fevral kuni taqdim etilishi kutilayotgan Nokia 3310 63 dollar narx bilan yaqin orada sotuvga chiqishi mumkin. Jumladan, telefonning Malayziyadagi sotuvi apreldan boshlanishi bildirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют