» » Toshkent viloyatida shar’iy nikoh bilan yashayotgan 1683 ta oilaning 843 tasi FHDYo tomonidan nikohdan o‘tkazildi

Toshkent viloyatida shar’iy nikoh bilan yashayotgan 1683 ta oilaning 843 tasi FHDYo tomonidan nikohdan o‘tkazildi


Toshkent viloyatida oilalarning demografik rivojlanishi, farovonligi va xotirjamligi darajasi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi shakllantirilgan. “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi matbuot xizmatiga tayanib, “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Notinch, noqobil, ehtiyojmand oilalar ro‘yxati tuzilib, ularning muammolarini o‘rganish va sabablarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda. Misol uchun, Quyi Chirchiq, Qibray tumanlari, Olmaliq va Chirchiq shaharlarida homiylar ishtirokida 40 ta kam ta’minlangan oila farzandlarining sunnat to‘yi hamda 22 nafar yoshning nikoh to‘yi o‘tkazib berildi.

Eng muhimi, viloyat bo‘yicha ajralish arafasida turgan 3144 ta oiladan 1112 tasi yarashtirildi. Qolganlari bo‘yicha tushuntirish tadbirlari olib borilmoqd.

Shuningdek, boshqarma va uning hududiy bo‘limlari tomonidan viloyatda 1683 ta oila shar’iy nikoh bilan yashayotganlari aniqlanib, ulardan 843 tasi FDHYo tomonidan nikohdan o‘tkazilishiga ko‘maklashildi.

Kam ta’minlangan, uy-joyga muhtoj 63 ta oila viloyat hokimligi va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida uy-joy bilan ta’minlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 23:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют