» » Olmaliqda Rossiyaning “MISiS” universiteti filiali ochildi

Olmaliqda Rossiyaning “MISiS” universiteti filiali ochildi


Olmaliq shahrida Rossiyaning Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti — “MISiS” filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ochilish marosimida Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Mixail Kotyukov, O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, “MISiS” rektori Alevtina Chernikova va boshqalar ishtirok etdi.

“MISiS” rektori Alevtina Chernikovaning ta’kidlashicha, ushbu filial talabalari bakalavriat va magistratura bosqichlarini Rossiyada davom ettirish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, Moskva orqali onlayn rejimda dars mashg‘ulotlari ham o‘tkaziladi. Mazkur universitetni bitirgan talabalar IELTS sertifikatiga ega bo‘ladi.

“MISiS” filialiga Navoiy davlat konchilik institutining Olmaliq shahrida joylashgan binosi va Olmaliq sanoat kasb-hunar kollejining binosi tekin foydalanish uchun berildi.

2018/2019-o‘quv yilida filial uchun ajratilgan kvota miqdori 150 kishini tashkil qiladi. Filialda o‘qitish O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari talablarini e’tiborga olgan holda “MISiS” MTTU tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 08:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют