» » Iroq hukumat kuchlari Mosul yaqinidagi harbiy lagerni IShID jangarilaridan ozod etdi

Iroq hukumat kuchlari Mosul yaqinidagi harbiy lagerni IShID jangarilaridan ozod etdi


Iroq hukumat kuchlari Mosul yaqinidagi Al-G‘azloniy harbiy lagerini IShID jangarilaridan ozod etdi. Bu haqda g‘arbiy Mosulga hujum bo‘yicha operatsiya qo‘mondonligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Mosul kampaniyasi qo‘mondoni Abdul Amir Yarallaga ko‘ra, Iroq armiyasi maxsus bo‘linmasi Al-G‘azloniy bazasi ustidan to‘liq nazoratni tikladi.

Havo qo‘nalg‘asi ishg‘ol etilishi uchun mas’ul bo‘lgan mamlakat politsiyasi rahbari, general Raid Shokir Javdat aeroportni IShID jangarilaridan tozalash bo‘yicha operatsiya yakunlanganini bildirdi.

Armiya maxsus bo‘linmasi va mamlakat politsiyasiga hukumat aviatsiyasi hamda AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari ko‘mak bermoqda. 

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (24-02-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют