» » Floyd Meyvezer Habib va Konor haqida: “Ikkalasi bilan ham 2019-yilda jang qilaman”

Floyd Meyvezer Habib va Konor haqida: “Ikkalasi bilan ham 2019-yilda jang qilaman”


Boks bo‘yicha yengilmas sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer 2019-yilda ham UFC jangchilari — Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor bilan jang qilishini ma’lum qildi.

“Mendan MMA yigitlari bilan jang qilamanmi? Hamma shuni so‘ramoqda. Eshiting, biz Habib bilan aqlbovarqilmas pul ishlaymiz. Konor bilan jangda ham shunday bo‘lgandi. Men katta pul topishim mumkin bo‘lgan yigitlar bilan, albatta, jang qilaman. Odamlarga esa ular ko‘rishni xohlayotgan narsani beraman. Men ularning ikkalasi bilan ham 2019-yilda jang qilaman”,—deydi Meyvezer.

Ma’lumot uchun, 2017-yil avgustida Floyd Konorni boks qoidalari bo‘yicha o‘tgan jangda 10-raundda texnik nokautga uchratgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 11:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют