» » Lionel Messining xayriya jamg‘armasi bolalar onkologiya markazi qurilishi uchun 2,6 mln yevro ajratdi (video)

Lionel Messining xayriya jamg‘armasi bolalar onkologiya markazi qurilishi uchun 2,6 mln yevro ajratdi (video)


“Barselona” hamda Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining xayriya jamg‘armasi va SNF fondi hamkorlikda Kataloniya poytaxtida qad rostlaydigan bolalar onkologiya markazi qurilishiga 2,6 million yevro ajratdi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Aynan mazkur xayriya sabab qurilish boshlanishi uchun kerak bo‘ladigan 30 million yevro to‘plangan. Messi qurilishning rasmiy boshlanish marosimida ishtirok etdi. U marosimda ko‘ziga yosh ham oldi.

What an amazing event??????. Leo Messi have joined the braves once again at the groundbreaking for the Pediatric Cancer Center in Barcelona, which is going to be the biggest in all Europe!

Thank you@SNForg & @fundacionmessi to make it come true ????

??https://t.co/ZG2hGAmSLG pic.twitter.com/Sj3nCoKOTr

— Bar?a Foundation (@FundacioFCB) October 18, 2018

Ma’lumot uchun, Leo Messi “Barselona” safida 2003-yildan beri to‘p surib kelmoqda. U jamoa safida 9 marta Ispaniya chempioni, 6 marta mamlakat kubogi sohibi, shuningdek, 4 marta Chempionlar Ligasi va 3 marta Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib chiqishga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 11:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют