» » Adliya vazirligi Toshkentda o‘tkazgan sayyor qabulda 200 dan ortiq fuqaroning murojaati o‘rganildi

Adliya vazirligi Toshkentda o‘tkazgan sayyor qabulda 200 dan ortiq fuqaroning murojaati o‘rganildi


O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan joriy yil 18-oktabr kuni Shayxontohur tumanidagi “Huvaydo” mahallasihamda Yashnobod tumanidagi “Yashnobod” mahallasida sayyor qabullar o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Sayyor qabullar davomida mahalla fuqarolari o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy masalalar va ijtimoiy hayotda mavjud hamda o‘z yechimini topmayotgan muammolari bo‘yicha murojaat qildi.

Ushbu sayyor qabullarda mazkur tuman hokimliklari, mahalla fuqarolar yig‘inlari, xalq ta’limi bo‘limi, tibbiyot birlashmalari, davlat notarial idoralari notariuslari va boshqa mutasaddi idora vakillari ishtirok etdi.

Sayyor qabullar davomida 200 nafardan ortiq fuqarolar murojaat etishib, shundan 160 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan qabul jarayonida huquqiy tushuntirishlar berildi, 40 nafar fuqaroning murojaati belgilangan tartibda qabul qilindi.

Mazkur murojaatlar xususiyatiga ko‘ra, mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan taqdim qilish bekor qilingan shaxsning yashash joyi bo‘yicha (propiska qilinganligi) yashayotganligi haqidagi ma’lumotlarni olish bilan bog‘liq yuzaga kelayotgan muammolar, arzon turar-joy bilan ta’minlash, uy-joy, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash, mulkka nisbatan egalik huquqini e’tirof etish, aholi bandligi, doimiy ro‘yxatga qo‘yish, merosni rasmiylashtirish, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, obodonlashtirish va boshqa masalalari bilan bog‘liq holatlarni tashkil etadi.

Xususan, sayyor qabul jarayonida fuqaro M.Erxodjayeva, M.Ubaydullayeva, M.Ibadullayeva va B.Boymatovalarning murojaati Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Yashnobod tumani Aviasozlar 5-tor ko‘chasida joylashgan 491-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi, 166-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablari joylashgan manzil bo‘yicha joyiga chiqib o‘rganildi.

Sayyor qabullar davomida kelib tushgan murojaatlar Adliya vazirligi tomonidan nazoratga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 19:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют