» » Iroq bosh vaziri IShIDning Suriya hududidagi marralariga zarba berish haqida buyruq berdi

Iroq bosh vaziri IShIDning Suriya hududidagi marralariga zarba berish haqida buyruq berdi


Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy IShIDning Suriya hududidagi marralariga aviazarbalar berish haqida ko‘rsatma berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Biz harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligiga Suriya hududidagi Xusayba va Abu-Kamolda joylashgan IShID marralariga zarbalar berish haqida ko‘rsatma berdik, chunki ular yaqinda Bag‘dodda yuz bergan portlashlar uchun javobgardir”, — dedi bosh vazir.

Al-Obodiyning qayd etishicha, iroqlik harbiylar bosh vazir ko‘rsatmasi bo‘yicha operatsiyani amalga oshirib bo‘lgan.

“Al-Vatan” gazetasining Suriya Tashqi ishlar vazirligidagi manbaga asoslanib xabar berishicha, Iroq mazkur aviazarbalarni rasmiy Damashq bilan to‘liq kelishgan holda amalga oshirgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют