» » Rossiyaning “Novaya gazeta” tahririyatiga qo‘y kallasi yuborildi. Bu nashr muxbiriga tahdid

Rossiyaning “Novaya gazeta” tahririyatiga qo‘y kallasi yuborildi. Bu nashr muxbiriga tahdid


18-oktabr kuni Rossiyaning “Novaya gazeta” tahririyati o‘z jurnalisti Denis Korotkovga tahdid qilinayotgani bilan bog‘liq bildirgini e’lon qildi, deb yozadi TJournal.

17-oktabr kuni tahririyatga muxbirning surati hamda “Denis Korotkov — Vatan xoini” degan yozuvli guldasta jo‘natishdi. 18-oktabr, payshanba kuni esa “‘Novaya gazeta’ning bosh muharririga. Sizga va Korotkovga salom bilan” degan yozuv bilan qo‘yning uzilgan kallasini yuborishdi.

Nashr tahririyati tahdid kimdan va qayerdan bo‘layotganini juda yaxshi bilgani bois, ushbu masala yuzasidan huquq-tartibot organlariga shikoyat qilishini ma’lum qilgan.

Shuningdek, o‘quvchilarni tahdidlar asoslanayotgan “oshkora yolg‘on”ga ishonmaslikka chaqirmoqda.

Nashr jamoasining fikricha, “Novaya gazeta” “go‘yoki Suriyada jang qilayotgan rossiyalik uchuvchilar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilgan va bu orqali ularning oilalarini xavf ostiga qo‘ygan”.

Nashr bildirgisida “Novaya gazeta”da bunday maqola chop etilmagani ma’lum qilingan. Biroq tahdidlar sababi jurnalist Denis Korotkovning Vagner xususiy kompaniyasi haqidagi jurnalistik surishtiruv o‘tkazayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 20:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют