» » Peterburg yaqinidagi “Avangard” pirotexnika zavodida portlash yuz berdi

Peterburg yaqinidagi “Avangard” pirotexnika zavodida portlash yuz berdi


Sankt-Peterburg yaqinidagi Gatchina shahrida “Avangard” pirotexnika zavodida portlash yuz berdi. Bu haqda mintaqa favqulodda xizmati vakili xabar bermoqda, deb yozadi “RIA Novosti”.

Binoda besh kishi bo‘lgan, ulardan ikki nafari halok bo‘lgan. Vayronalar ostidan yana ikki nafar jabrlanuvchi chiqarib olingan.

“Ikki yoki uch kishi vayronalar ostida bo‘lishi mumkin. Qutqaruvchilar bino vayronalarini ko‘zdan kechirmoqda”, — deydi viloyat rasmiylari.

Maydoni 7,5 ming kvadrat metr bo‘lgan bino to‘liq qulab tushgan. FVV portlash texnologik bo‘lganligini ta’kidladi. Portlashdan so‘ng uchta yengil mashina olov olgan.

Tezkor shtab tashkil etilgan, Leningrad viloyatining gubernatori Aleksandr Drozdenko voqea joyiga jo‘nab ketgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 21:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют