» » “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi

“Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi


O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonunining yangi tahriri qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tartibga solishdan iborat, deb yozadi O‘zA.

Qonunda, jumladan, bojxona organlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;

o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;

bojxona to‘lovlarini undirish;

bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish;

tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini o‘tkazishda valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish;

tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;

fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish;

bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo‘llash;

bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash.

Shuningdek, mazkur qonunning yangi tahririda bojxona organlari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, yagonalik, ochiqlik va shaffoflik, jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etish hamda ushbu huquqlar, erkinliklar va qonuniy manfaatlarni hurmat qilishdan iborat ekanligi ta’kidlanadi.

Qonun hujjati 37 moddadan iborat.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 22:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют