» » Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo sanoati yuksalishiga xizmat qiladigan yangi loyihalar bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo sanoati yuksalishiga xizmat qiladigan yangi loyihalar bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qarshi shahridagi “Qarshi lezer” qo‘shma korxonasida bo‘lib, Qashqadaryo viloyatida charm-poyabzal sohasini yanada rivojlantirish dasturi, meva-sabzavot yetishtirish, yangi logistika markazi tashkil qilish, Yakkabog‘, Kitob, Shahrisabz tumanlarida tokzorlar barpo etish bo‘yicha qator istiqbolli loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Mavzuga doir: Kun fotosi: O‘zbekiston Prezidenti yakkayog‘ochlik Alisher Ahmedov xonadonida mehmon bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida charm-poyabzal sanoatini rivojlantirish hududda yetishtiriladigan teri xomashyosini sifatli qayta ishlashni tashkil qilishda muhim o‘rin tutadi. Shu maqsadda viloyatda 2017—2018-yillarga mo‘ljallangan umumiy qiymati 12,9 million dollarlik 18 investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqildi.

Mazkur dasturga muvofiq Qarshi shahri, Dehqonobod, Kitob va Nishon tumanlarida 5 poyabzal, Kitob tumanida charm-attorlik mahsulotlari, “Qarshi lezer” korxonasida tayyor charm ishlab chiqarish loyihalari amalga oshiriladi. Bu viloyatda yiliga 1 million dona terini qayta ishlash, 460 ming juft poyabzal va 100 ming dona charm-attorlik mahsulotlari tayyorlash, 200 dan ortiq yangi ish o‘rni tashkil etish imkonini beradi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Uyi borning o‘yi yo‘q

“Qarshi lezer” qo‘shma korxonasida amalga oshirilayotgan qiymati 9,1 million dollarlik loyiha namoyish etildi. Loyiha hayotga tatbiq etilishi natijasida yuqori sifatli, raqobatbardosh tayyor charm ishlab chiqarish, yiliga 45 million dollarlik mahsulot eksport qilish rejalashtirilmoqda. Bosqichma-bosqich ishga tushiriladigan korxonada 300 dan ortiq ish o‘rni yaratilib, ularga asosan kollej bitiruvchilari qabul qilinadi.

Shavkat Mirziyoyev qo‘shma korxona ta’sischilari va xorijlik investorlar bilan suhbatda ishlab chiqarishni samarali tashkil etish, buning uchun mutasaddi idoralar, viloyat hokimligi bilan yaqindan hamkorlik qilish, tashqi bozorni o‘rganib, eksport geografiyasini muntazam kengaytirib borish zarurligini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo safari davomida “MDH doirasidagi eng yirik mega-loyihalardan biri” bilan tanishdi

Qashqadaryo viloyatida meva-sabzavotni qayta ishlash va eksport qilish imkoniyatlari juda yuqori. Shahrisabz shahrida tashkil etilayotgan “Shahrisabz” logistika markazi ushbu maqsadlarga xizmat qiladi. Sobiq pillachilik fabrikasi o‘rnida ish boshlaydigan logistika markazi meva-sabzavotlarni yetishtirish, tayyorlash, qabul qilish, saralash, qayta ishlash, jahon talablariga mos laboratoriyalarda tekshirish, qadoqlash hamda ho‘l, muzlatilgan va quritilgan holda eksport qilish bilan shug‘ullanadi.

Markaz to‘la quvvat bilan ishga tushgach, yiliga 25 ming tonnadan ziyod mahsulot Yevropa, MDH mamlakatlari, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya va boshqa davlatlarga eksport qilinadi. Ming kishi ish bilan ta’minlanadi. Ahamiyatli tomoni, viloyatdagi fermer, dehqon, shaxsiy tomorqa xo‘jaliklariga yetishtirgan mahsulotini sotish hisobiga yiliga o‘rtacha 80 milliard so‘m atrofida daromad olish imkoniyati yaratiladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida qishloq xo‘jaligi sohasidagi istiqbolli loyihalarni ko‘zdan kechirdi

Chiroqchi tumanida yiliga 8 ming tonna salat barglari, brokkoli, rangli karam va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, meva-sabzavot yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan “Big agro eksport” mas’uliyati cheklangan jamiyati barpo etilmoqda. 194 gektar maydondan iborat qiymati 14 million dollar bo‘lgan ushbu korxonada 2 gektarda ko‘chat yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxona, 4000 tonna sig‘imli sovutkich qurilishi ko‘zda tutilmoqda. Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida yiliga 6,8 million dollarlik mahsulotlar eksport qilinib, tumanda 90 doimiy, 500 mavsumiy ish o‘rni yaratiladi.

Yakkabog‘, Kitob va Shahrisabz tumanlarida 2017—2019-yillarda jami 5 ming gektarda yangi tokzorlar barpo etish mo‘ljallanmoqda. Yakkabog‘ tumanida bir yilda 4 ming tonna uzumni qayta ishlash loyihasi amalga oshiriladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoda yangi qurilayotgan obyektlar va ishlab chiqarish korxonalari loyihalari bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti ushbu loyihalar bilan tanishar ekan, vohada qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni yanada ko‘paytirish va uni qayta ishlashni kengaytirish, aholini ushbu mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, eksportini oshirishda, pirovard natijada aholining turmush darajasini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют