» » Toshkentda AQShning EBSCO ma’lumotlar bazasidan faol foydalanuvchilar taqdirlandi

Toshkentda AQShning EBSCO ma’lumotlar bazasidan faol foydalanuvchilar taqdirlandi


AQShning EBSCO ma’lumotlar bazasi ilmiy va ta’lim muassasalarini axborot bilan ta’minlash sohasida jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri. Kompaniya O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib jahon nashriyotlarining elektron ilmiy-ta’lim resurslaridan foydalanish bo‘yicha o‘z xizmatlarini ko‘rsatishni boshlagan, deya xabar beradi O‘zA.

Kompaniyaning ma’lumotlar bazalari ilmiy xodimlar, ilmiy daraja olish talabgorlariga dissertatsiya ishlarini yuqori darajada ishlab chiqish va o‘qituvchilarga kadrlar tayyorlash darajasini oshirishda qulaylik tug‘dirmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 120 dan ortiq ilmiy markazlari va barcha oliy o‘quv yurtlari AQSh, Kanada va Yevropaning boshqa mamlakatlarida chop etiladigan 4 mingdan ziyod ilmiy jurnallardan ma’lumot olish imkoniyatiga ega.

Mazkur xorijiy elektron bazadan faol foydalanuvchi o‘zbekistonliklar ham borki, bugun poytaxtda ularni rag‘batlantirish, ilm-fan va ta’limni rivojlantirish uchun elektron ma’lumotlar bazalaridan to‘g‘ri va unumli foydalanish bo‘yicha axborot savodxonligini oshirish maqsadida taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadbirda vazirliklar, ilmiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari vakillari, olimlar, axborot-kutubxona muassasalari direktorlari, EBSCO Information Services kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

“Infolib Uzbekistan” VII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, EBSCO Information Services kompaniyasi hamda “E-line Press” MChJ tomonidan tashkil etilgan tadbirda EBSCO ma’lumotlar bazasi faol foydalanuvchilari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-10-2018, 23:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют