» » Bryus Uillis dala hovlisini sotdi va 10 million dollar yo‘qotdi

Bryus Uillis dala hovlisini sotdi va 10 million dollar yo‘qotdi


Amerikalik aktyor Bryus Uillis Aydaxo shtatidagi dala hovlisini 5,5 million dollarga sotdi. Bu haqda People.com xabar berdi.

Aktyor 2011-yilda uyini 15 million dollarga sotishni rejalashtirgan, keyin esa narxni 6,5 milliongacha tushirgan, biroq yakunda qariyb 10 millionlik chegirmaga kelishgan.

Shtat janubidagi San-Valli shahrida joylashgan dala hovli sakkiz gektar maydonni egallaydi. Asosiy uyning umumiy maydoni 700 kvadrat metrga teng, unda oltita yotoqxona, oltita hojatxona bor. Xo‘jayinning dam olish joyi ikkinchi qavatni to‘liq egallaydi.

Shuningdek, dala hovlida bitta yotoqxonali mehmon uyi, kichik sport kompleksi, bir nechta ko‘l va buloq, isitiladigan hovuz ham mavjud. Obyektni sotib olgan xaridorning nomi ma’lum qilinmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 08:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют