» » O‘zbekistonda aholi uchun elektr energiyasi tarifi 10 foizga qimmatlaydi

O‘zbekistonda aholi uchun elektr energiyasi tarifi 10 foizga qimmatlaydi


O‘zbekistonda 2018-yil 16-noyabrdan boshlab elektr energiyasi tarif narxlari oshishi rejalashtirilmoqda. Bu Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga qo‘yilgan hukumat qarori loyihasida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Turon 24”.

Qarorga ko‘ra, aholi (maishiy iste’molchilar) uchun elektr energiyasi tarifi 16-noyabrdan boshlab 10 foizga oshadi va 1 kilovatt narxi 250 so‘mni tashkil etadi. 2019-yil 1-iyundan boshlab esa tarif yana 12 foizga oshib, 280 so‘mga teng bo‘ladi.

Bunda elektr plitalar bilan jihozlangan ko‘p xonadonli turar joylari va yotoqxonalarda yashovchi iste’molchilar uchun 50 foiz chegirma beriladi.

Korxonalar va tashkilotlar uchun esa 16-noyabrdan elektr energiyasi tarifi 45 foizga oshadi va 1 kilovatt narxi 331 so‘mga teng bo‘ladi. 2019- yil 1 iyundan boshlab esa tarif 370 so‘mgacha oshadi.

Bundan tashqari, tajriba tariqasida Toshkent shahar Yunusobod tumanida elektr energiyasi iste’moli bazaviy normasi kiritilishi rejalashtirilmoqda.

Bazaviy norma bir xonadon uchun 300 kilovatt qilib belgilanadi. Elektr energiya iste’molining ushbu normadan oshib ketgan qismiga yuqorida ko‘rsatilgan tarif narxi 20 foizga qimmatlashadi, ya’ni normadan oshgan har bir kilovatt uchun 300 so‘mdan to‘lanadi.

Ushbu norma keyinchalik o‘zgarishi va butun respublika bo‘ylab tatbiq etilishi mumkin. Buning uchun “O‘zbekenergo” AJ va boshqa tegishli idoralar 2019-yil 1-iyulga qadar aniq takliflar berishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 12:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют