» » 10 yil ichida 10 marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan ayol: Qizim uchun yashashim kerak

10 yil ichida 10 marta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan ayol: Qizim uchun yashashim kerak


“Daryo” tahririyatiga 1983-yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan Saodat Qahhorova murojaat qildi.

Saodat opa ayni paytda Hindistondagi klinikalardan birida davolanmoqda.

“Bundan o‘n yil oldin boshimga kulfat tushdi. O‘shanda men hayotimning eng baxtli damlarini yashayotgan edim. Turmushga chiqib, qiz farzandli bo‘lgan paytlarim. Kunlardan birida tobim qochdi. Emizikli chaqalog‘im ko‘kragimni olmay qo‘ydi. Shifokokorlar ko‘krak saratoni tashxisini qo‘yganida dunyo ko‘zimga qorong‘I bo‘lib ketdi. Shu tashxis tufayli hayotim ham ostin-ustun bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘im mendan va farzandimizdan yuz o‘girdi”, — deydi Saodat Qahhorova.

10 yildirki ayol og‘ir dard bilan yakka o‘zi kurashadi. U shu kungacha 10 marotaba jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi.

“Shu kungacha davolanish xarajatlarini ota-oanm, yaqinlarim to‘lab turishdi. Hozirgi kunga kelib moddiy tomondan juda qiynalib qoldik. Sotadigan biron narsamiz ham qolmadi. Nur terapiya uchun hatto uyimizni sotishga ham majbur bo‘ldik. Hayotdan umidlarim ko?p, qolaversa qizim uchun ham yashashim kerak”, — deya so‘zlarini davom ettiradi Saodat opa.

Saodat Qahhorovaning navbatdagi muolajalari uchun katta miqdorda mablag‘ talab etiladi. Bir mushtipar ayolning sog‘ayib ketishiga imkon qadar hissa qo‘shaylik!

Saodat Qahhorova bilan bog‘lanish uchun telefon raqamlari:

Imo: +998916734525

Telegram: +998975964525

Plastik kartochka raqami:

8600042316824332



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 14:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют