» » Makedoniya parlamenti mamlakat nomini o‘zgartirish tashabbusini ma’qulladi

Makedoniya parlamenti mamlakat nomini o‘zgartirish tashabbusini ma’qulladi


Makedoniya parlamenti mamlakat NATO va Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lib kirishi uchun uning nomini o‘zgartirish taklifini ma’qulladi.

“Kommersant”ning xabar berishicha, 120 nafar deputatdan 80 nafari ushbu taklifni ma’qullab ovoz bergan bo‘lsa, 39 nafari bunga qarshi chiqdi.

Endi ushbu hujjat imzolash uchun mamlakat prezidenti George Ivanovga yuboriladi. Prezident ushbu hujjatni imzolamasligini bungacha bir necha bor aytib o‘tgandi.

“Agar prezident ushbu hujjatga veto qo‘yadigan bo‘lsa, u qayta ko‘rib chiqish uchun yana parlamentga qaytariladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Makedoniya hukumati mamlakat nomini Shimoliy Makedoniya deb o‘zgartirish tashabbusi bilan chiqqan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 20:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют