» » Angrenda “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Besh nafar harbiy xizmatchining oilasiga maxsus yo‘llanma berildi

Angrenda “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Besh nafar harbiy xizmatchining oilasiga maxsus yo‘llanma berildi


Toshkent harbiy prokuraturasi Toshkent viloyati Bandlik boshqarmasi Angren shahar bo‘limi bilan hamkorlikda Angren shahridagi Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli harbiy qism va bo‘linmalarda “Mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yarmarkada 14 ta korxona va tashkilotlar o‘zlarining 69 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. Ushbu yarmarkada 100 nafardan ortiq harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari ishtirok etib, ularning 5 nafariga ishga joylashishlari uchun maxsus yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etgan boshqa harbiy xizmatchilarning oila a’zolari uchun korxona va tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etilib, mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, shu kunning o‘zida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari huquqlari, erkinliklar va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Angren shahrida joylashgan harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolariga 100 dan ortiq badiiy adabiyotlar namunlari sovg‘a qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 20:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют