» » Germaniya turk diplomatlari va ularning qarindoshlaridan boshpana so‘rovi bo‘yicha 136 ta iltimosnoma qabul qildi

Germaniya turk diplomatlari va ularning qarindoshlaridan boshpana so‘rovi bo‘yicha 136 ta iltimosnoma qabul qildi


Turkiyada o‘tgan yilning iyulidagi fitnadan so‘ng Germaniya turk diplomatlari va ularning qarindoshlaridan boshpana taqdim etish haqidagi 136 ta iltimosnoma qabul qildi. Bu haqda Germaniya OAVlariga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

GFR TIV boshpana so‘rab murojaat qilganlarning shaxsini oshkor etmadi. Diplomatik pasport nafaqat diplomatlarga, balki ularning qarindoshlariga ham taqdim etilishi tufayli boshpana so‘rab murojaat qilganlar orasida turk mansabdorlarining oilalari ham bo‘lishi mumkin. Germaniya iltimosnomalarni qanoatlantirgan-qanoatlantirmaganligi ham noma’lum.

Turkiya GFRga turk harbiy mansabdorlariga boshpana taqdim etmaslik talabi bilan murojaat qilgan.

Bundan tashqari, avvalroq harbiy to‘ntarishga urinishni tashkil etishda ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinayotgan ikki turk harbiy komandiri Gretsiyadan boshpana so‘raganligi ma’lum bo‘lgan edi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют