» » Qibrayda spravka uchun 1,5 mln so‘m pora so‘ragan mahalla raisi qo‘lga tushdi

Qibrayda spravka uchun 1,5 mln so‘m pora so‘ragan mahalla raisi qo‘lga tushdi


Qibray tumanidagi “Bog‘ishamol” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi 1,5 million so‘m pora olayotganida qo‘lga tushdi. Mahalla raisi fuqarolarning biriga uy-joy kadastr bo‘limiga topshirish uchun noturar joy bo‘yicha ma’lumotnomani yozib berish uchun pora so‘ragan.

Mahalla raisi 16-oktabr kuni o‘z xizmat xonasida, ma’lumotnoma so‘ragan fuqarodan 1,5 million so‘m pulni olayotganida Toshkent viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda Qibray tumani prokuraturasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

“Ushbu holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qibray tumani bo‘limi tomonidan mahalla raisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (“pora olish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, — deyiladi IIV axborotida.

Ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs eng kam oylik ish haqining ellik baravari (9 215 000 so‘m)dan yuz baravari (18 430 000 so‘m)gacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 00:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют