» » O‘zbekistonda kraxmal ishlab chiqariladigan ilk korxona ish boshladi

O‘zbekistonda kraxmal ishlab chiqariladigan ilk korxona ish boshladi


Toshkent shahrining Chilonzor tumanida “Oloy Gulzor Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida “Golden Corn” Toshkent kraxmal-patoka zavodi ishga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘rtacha yillik quvvati 9,6 million dollar miqdorida kraxmal kukuni, patoka, maltoza va maltodekstirin ishlab chiqaruvchi bu zavod Markaziy Osiyoda yagona zavod bo‘lib, makkajo‘xori donidan foydalanadi. Qayd etish joizki, hozirga qadar kraxmal kukuni Rossiya va Qozog‘istondan import bo‘lib kelardi.

Mazkur zavodning kunlik quvvati 80 tonna xomashyodan 10 xildagi mahsulot ishlab chiqarishga mo‘ljallangan. Zavodda asosiy mahsulotdan tashqari chorvachilik, tovuqchilik va baliqchilik uchun omixta yem va bioqo‘shimcha mahsulotlar, yog‘-moy kombinatlari uchun ikkilamchi xomashyo turi — jerm ishlab chiqariladi.

— Misol uchun, 50 tonna jo‘xori qayta ishlansa, undan35 tonna kraxmal, 3,5 tonna yog‘, 2,5 tonna glyuten, 5,5 tonna chorva uchun ozuqa ishlab chiqariladi, — deydi zavod direktori Shamsiddin Shukurov. — Mahsulotlar oziq-ovqat, yengil sanoat, qandolatchilik, chorvachilik kabi sohalarida ishlatiladi. Makkajo‘xori xomashyosi kamroq bo‘lganda, guruchdan foydalanamiz. Hozircha Toshkent viloyatida faoliyat yuritayotgan fermerlardan jo‘xorilar xarid qilinmoqda. Kelgusi mavsumda yurtimizdagi barcha mulkdorlarni bu borada hamkorlikka jalb etamiz.

Zavodda Xitoy va Eron texnologiyasi o‘rnatilib, xorijiy mutaxassislar ham ishga jalb etilgan. Mahsulotlar sifati jahon standartlariga to‘la javob beradi.

Ayni vaqtda 100 ortiq ish o‘rni yaratilgan zavodda tayyorlanayotgan raqobatbardosh mahsulotlar kelgusida ichki bozorni bemalol to‘ldiradi. Bundan tashqari eksport ham rejalashtirilmoqda. Xususan, Tojikistondagi hamkorlar bilan shartnomalar imzolangan.

Umumiy qiymati 4,6 million dollar mazkur loyihani amalga oshirishda “Qishloq qurilish bank” ikki million dollardan ko‘proq investitsiya krediti yo‘naltirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 09:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют