» » O‘zbekistonda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tuziladi

O‘zbekistonda Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi tuziladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirildi.

Qarorda Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari hamda Savdo-sanoat palatasining Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Agentlikning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:

Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarining samaradorligi va afzalliklarini baholash uslubini ishlab chiqish, ushbu loyihalarni tayyorlash va amalga oshirishni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

Davlat-xususiy sheriklik sohasidagi loyihalarni amalga oshirishda idoralararo muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, loyihalar to‘g‘risidagi axborotni ochiq holda joylashtirish va ularning reyestrini yuritish;

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, shu jumladan, muayyan loyihalar konsepsiyalarini ishlab chiqishda vazirlik va idoralarga ko‘maklashish;

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish masalalarida investorlar, xalqaro moliya va donor tashkilotlari, ilmiy va ekspert hamjamiyatlari, shuningdek, bozorning boshqa ishtirokchilari bilan hamkorlikni tashkil etish;

Davlat-xususiy sheriklik loyihalari ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga har tomonlama ko‘maklashish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlari, shu jumladan, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tavakkalchiliklarni aniqlash va taqsimlash yuzasidan ularning takliflarini ko‘rib chiqish;

Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, shu jumladan, loyihalarga jalb qilingan byudjet tizimi mablag‘laridan foydalanilishini, shuningdek, tegishli tarmoqlardagi xalqaro tajribani inobatga olgan holda loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish amaliyotini monitoring qilish.

Agentlik davlat muassasasi shaklida tashkil etiladi va O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik sohasida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari, tanlov hujjatlari, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlar loyihalari va ularga kiritiladigan o‘zgartirishlar majburiy tartibda Agentlik bilan kelishilishi lozim.

Agentlik davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi, texnik-iqtisodiy hamda moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotni ularning tashabbuskorlari va ishtirokchilaridan so‘rab olish huquqiga ega.

Agentlikka direktor — Moliya vazirining o‘rinbosari rahbarlik qiladi.

Agentlik va Moliya vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:

2018-yil 1-dekabrgacha davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishi nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazib, yondashuvlar, tartiblar va ularni amalga oshirish mexanizmlari birxillashtirilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar kiritish;

2018-yil 1-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 10:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют