» » A Seriya. “Napoli” yirik hisobda yutdi, bugun “Inter”—“Milan” to‘qnashuvi bo‘ladi

A Seriya. “Napoli” yirik hisobda yutdi, bugun “Inter”—“Milan” to‘qnashuvi bo‘ladi


Kecha, 20-oktabr sanasida futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 9-tur bahslari boshlandi.

Kun taqvimidan 3 ta o‘yin o‘rin olgandi. Jumladan, “Roma” o‘z uyida SPALga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 8 turda ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritgan “Yuventus” esa “Jenoa”ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang qayd etdi.

Kunning so‘nggi o‘yinida “Napoli” safarda “Udineze” maydoniga safar qildi. Karlo Anchelotti shogirdlari uchrashuvda 0:3 hisobidagi yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa neapolliklar “Yuventus”ning ochko yo‘qotishidan unumli foydalanib qoldi.

Bugun esa turning markaziy o‘yinida “Inter” “Milan”ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 23:30 da boshlanadi.

A Seriya

9-tur bellashuvlari

20-oktabr, shanba

Gollar: 0:1 – 38, penalti Petanya, 0:2 – 56 Bonifatsi.

Gollar: 1:0 – 18 Ronaldu, 1:1 – 67 Bessa.

Gollar: 0:1 – 14 Fabian Ruis, 0:2 – 82, penalti Mertens, 0:3 – 85 Rog.

21-oktabr, yakshanba

22-oktabr, dushanba



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 10:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют