» » Fazliddin G‘oibnazarov prof ringdagi 6-jangida nokaut evaziga g‘alaba qozondi

Fazliddin G‘oibnazarov prof ringdagi 6-jangida nokaut evaziga g‘alaba qozondi


Rio Olimpiadasi chempioni, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov? faoliyatidagi 6-jangini o‘tkazdi.

Fazliddinga prof ringdagi 6-jangida amerikalik bokschi Uilbert Lopes raqiblik qildi. G‘oibnazarov jangning 2-raundida Lopesni nokautga uchratib g‘alabaga erishdi.

Fazliddinning bugungi g‘alabasi bilan professional ringdagi janglari soni 6 taga yetdi. Bokschi ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. Janglarning 3 tasida nokaut evaziga raqiblarini mag‘lub etishga erishgan.

Lopesning tajribasi esa bu borada biroz ko‘proq edi. U professional ringda bugunga qadar 34 ta jang o‘tkazib, ularning 23 tasida g‘alaba qozongandi. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 9 ta to‘qnashuvda esa mag‘lubiyatga uchragan va 1 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo‘ygandi. Bugungi jang uning uchun 10-mag‘lubiyat bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 11:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют