» » Farg‘onada elektr ta’minoti korxonasi hisobchisi 30 million so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirdi

Farg‘onada elektr ta’minoti korxonasi hisobchisi 30 million so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirdi


Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida yashovchi fuqaro L.A. majburiy ijro byurosining tuman bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga MIB Farg‘ona viloyat boshqarmasining jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘yicha katta inspektori J.Odilov xabar berdi.

Arizada qayd etilishicha, Oltiariq tumani elektr ta’minoti korxonasi ishchisi I.X. 2017-yilning iyul va sentabr oylarida fuqaro L.A.dan elektr energiyasi uchun 400 ming so‘m pul olib, o‘zlashtirib yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan tekshiruvda elektr ta’minoti korxonasi dasturida fuqaro L. A.ga tegishli hisob raqamidagi shaxsiy hisobvarag‘iga 400 ming so‘m kirim qilinmay, zarar o‘rni korxona hisobchisi I.X.ga tegishli elektron kalit yordamida egasi aniqlanmagan pul mablag‘i hisobidan qoplab qo‘yilgani aniqlandi.

Shuningdek, 2017-yilning may oyidan joriy yil iyuniga qadar yuqoridagi jinoiy usul bilan 63 nafar fuqaroning elektr uchun to‘langan 30 million 638 ming so‘m pul mablag‘i talon?toroj qilinib, ularning o‘rni boshqa hisob raqamlarda turgan egasi aniqlanmagan pul mablag‘lari hisobidan qoplab qo‘yilgan.

Surishtiruv davomida I.X. tomonidan 30 million 638 ming so‘mlik zarar to‘liq qoplandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 14:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют