» » O‘zbekiston—Rossiya orasida meva-sabzavot eksporti bo‘yicha 390,8 mln dollarlik 14 ta shartnoma imzolandi

O‘zbekiston—Rossiya orasida meva-sabzavot eksporti bo‘yicha 390,8 mln dollarlik 14 ta shartnoma imzolandi


“O‘zbekiston—Rossiya” hududlararo hamkorlik forumi doirasida Surxondaryoda uchrashuvlar chog‘ida hududlararo ijtimoiy-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha bitim, investitsion loyihalarni amalga oshirish va meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha jami 390,8 mln dollarlik 14 ta shartnoma imzolanib, kelgusida 2 ta ulgurji-ta’minot markazi, 1 ta savdo uyini tashkil etishga kelishib olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Forumdan so‘ng “TX Sibirskiy Gigant” MChJ direktori Aleksandr Mansurov boshchiligidagi bir guruh rossiyalik ishbilarmonlar Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ular Termiz tumanidagi “Marvarid” dam olish maskani, “Gold Agro Fresh” agrofirmasidagi issiqxona majmuasi, “Gold Dreid Fruits” MChJning meva-sabzavotni qayta ishlash va saqlash faoliyati, “Termez Cargo Centre” MChJ tomonidan tashkil etilgan Xalqaro logistika markazi hamda Sherobod tumanida tashkil etilgan anorzorlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif so‘ngida “TX Sibirskiy Gigant” MChJ bilan Rossiya bug‘doyini “Surxon import eksport agro” MChJda qayta ishlagan holda Afg‘onistonga eksport qilish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 15:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют