» » Messining qo‘li sindi. Endi Leo 11 yil ichida ilk marta “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi

Messining qo‘li sindi. Endi Leo 11 yil ichida ilk marta “El-Klasiko”ni o‘tkazib yuboradi


“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Ispaniya La Ligasi 9-turi doirasidagi “Sevilya”ga qarshi o‘yinda qo‘lini sindirib oldi.

O‘yinning 18-daqiqasida Messi raqibi Franko Vaskes bilan to‘qnashuvdan so‘ng beo‘xshov yiqilib, shundan so‘ng almashtirildi — bungacha u bitta gol urib, yana bitta golga hammualliflik qilib ulgurgandi.

Tekshiruvlar natijasiga ko‘ra Messining o‘ng qo‘l bilak suyagi singani aniqlandi. “Barselona” futbol klubi bayonotiga ko‘ra, futbolchining qayta tiklanib, safga to‘liq qaytishi uchun uch hafta vaqt kerak bo‘ladi.

Ispaniya chempionatining keyingi turida, 28-oktabr kuni “Barselona” azaliy raqibi — Madridning “Real” klubiga qarshi o‘ynaydi. Messi so‘nggi 11 yildan beri “Real”ga qarshi o‘yinlarni biror marta o‘tkazib yubormagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-10-2018, 21:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 62) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют