» » O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi Buyuk Britaniya taekvondo federatsiyasi bilan hamkorlik qiladi

O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi Buyuk Britaniya taekvondo federatsiyasi bilan hamkorlik qiladi


Ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida nufuzli Gran-Pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqadan tashqari rasmiy tadbirlar doirasida O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi boshqa mamlakatlar taekvondo federatsiyalari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri Buyuk Britaniya takevondo federatsiyasi bilan o‘tkazildi. O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi bosh kotibi Abduazim Isroilov va Buyuk Britaniya taekvondo federatsiyasi raisi Yuliya Nyuton ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda tomonlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi va memorandum imzoladi.

Unga ko‘ra ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Jeyd Jons, Jahon chempionati sovrindorlari Byanka Uolkden, Muhammad Lutalo kabi sportchilar O‘zbekistonga kelib, mashg‘ulotlar o‘tkazadi, o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadi.

Shuningdek, kelasi yili Manchester shahrida o‘tkaziladigan Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston terma jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari aynan o‘sha yerda tashkil etiladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasining murabbiy, psixolog, shifokor va boshqa mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirishlari mumkin bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 00:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют