» » Turkiya Suriyaning Al-Bob shahri ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilganini tasdiqladi

Turkiya Suriyaning Al-Bob shahri ustidan to‘liq nazorat o‘rnatilganini tasdiqladi


Turkiya qurolli kuchlari Suriya muxolifat kuchlari Al-Bobni IShID jangarilaridan to‘la ozod qilib, shahar ustida to‘la nazorat o‘rnatganini tasdiqladi. Bu haqda Turkiya armiyasi bayonotida ma’lum qilingan, deyiladi “Gazeta.ru” xabarida.

Turkiya harbiylarining qayd etishicha, Anqara “diniy aqidaparastlarni siqib chiqarish bo‘yicha sezilarli darajada katta qadam tashlashga muvaffaq bo‘lgan”.

Turkiya armiyasi bayonotida aytilishicha, Al-Bobni minalardan tozalash bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda.

IShID terrorchilik tashkiloti 23-fevral kuni Suriya shimolidagi Al-Bob shahridan chekinishni boshlaganini e’lon qilgan edi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (24-02-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют