» » “O‘zbekkino” milliy agentligi Obid Asomovni 55 yoshi bilan qutladi

“O‘zbekkino” milliy agentligi Obid Asomovni 55 yoshi bilan qutladi


Taniqli so‘z ustasi, “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK direktori Obid Asomov bugun, 22-oktabr kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi Facebook’dagi sahifasi orqali Obid Asomovni bugungi sana bilan tabrikladi.

“Hurmatli Obid Asomov !

‘O‘zbekkino’ Milliy agentligi rahbariyati Sizni barkamol 55 yoshingiz bilan qutlaydi. Sog‘ligingiz mustahkamligi, farzandlaringiz va shogirdlaringiz kamoli, mehnatingizning munosib qadrlanishi, ezgu niyatlaringizning ijobatidan hosil bo‘ladigan baxtli onlar umringizning har bir daqiqasini bezasin! Tug‘ilgan kuningiz muborak!”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Obid Asomov 1963-yil 22-oktabr kuni Toshkentning Chilonzor tumanida tavallud topgan.

1998-yilda “Obid-A teatri” hajviy guruhini tashkil etgan. 2006-yildan Rossiya televideniyesi “Rossiya-1” telekanalining “Egri oyna” hajviy ko‘rsatuvida qatnashib kelgan. 2009-yilda O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Obid Asomovni tanqid ostiga oldi va taqiq qo‘ydi. 2017-yilda undan barcha taqiqlar olib tashlandi. 2018-yil 24-may kuni O‘zbekkino milliy agentligi qoshidagi “Multiplikatsion filmlar studiyasi” DUK direktori etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 88) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют