» » Samarqandda noqonuniy faoliyat yuritgan tadbirkorning 140 million 220 ming so‘mlik mahsulotlari olib qo‘yildi

Samarqandda noqonuniy faoliyat yuritgan tadbirkorning 140 million 220 ming so‘mlik mahsulotlari olib qo‘yildi


Samarqand viloyat davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan Samarqand shahar, Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi 3-A-uyda joylashgan savdo do‘konida nazorat tadbiri o‘tkazildi. Do‘kon egasi R.A. davlat soliq xizmati idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar, ogohlantirishlardan xulosa chiqarmay belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan erkaklar kiyimlari savdosi bilan shug‘ullanib kelganligi aniqlangan. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

“O‘tkazilayotgan profilaktik suhbatlarda tadbirkorlarga qonuniy faoliyat yuritishlari bo‘yicha doimiy tushuntirish olib boramiz. Ammo ba’zi ‘uddaburon’ tadbirkorlar borki, o‘z bilganidan qolmaydi. Faqat o‘z foydasini o‘ylab yurt manfaatini bir chetga surib qo‘yadi. Davlat budjetiga hissa qo‘shishdan qochmoqchi bo‘lishadi”, — deydi viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshod Nurmuhamedov.

O‘tkazilgan nazorat tekshiruvi davomida R.A.ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik bayonnomasi rasmiylashtirilib, savdoga qo‘yilgan 9 turdagi 140 million 220 ming so‘mlik erkaklar kiyim-kechaklari vaqtinchalik daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют