» » O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovi e’lon qilindi

O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasida turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovi e’lon qilindi


Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi yoshlarning turizm sohasidagi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, samarali biznes-rejalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish maqsadida yoshlar o‘rtasida turizm sohasidagi eng samarali biznes loyihalar tanlovini e’lon qildi.

Tanlovda oliy ma’lumotga ega bo‘lgan, oliy ta’lim muassasasini oxirgi uch yil davomida bitirgan, turizm sohasida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan yoshlar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda tanlov ishtirokchilari tomonidan biznes loyihalar tanlov komissiyasiga yuboriladi va komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Ikkinchi bosqich joriy yilning 20-dekabridan boshlanib, birinchi bosqich yakuni bo‘yicha saralab olingan ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda ishtirokchilar o‘zlarining biznes loyihalarini tanlov komissiyasiga taqdim qiladi.

Tanlov mezonlari asosida g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish uchun Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tegishli shartlar asosida eng kam ish haqining 250 (ikki yuz ellik) barobarigacha bo‘lgan miqdorda pul mukofotlari ajratiladi.

Shuningdek, loyiha samaradorligini ta’minlash maqsadida tanlov g‘oliblari O‘zbekiston—Yaponiya markazi va Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan turizm sohasida biznes yuritish va boshqarish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida ta’lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Hujjatlar joriy yilning 1-dekabriga qadar qabul qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют