» » Marselo “Real” rahbariyatiga klubdan ketishni xohlayotganini ma’lum qildi

Marselo “Real” rahbariyatiga klubdan ketishni xohlayotganini ma’lum qildi


Braziliya terma jamoasi himoyachisi Marselo “Real”dan ketishni xohlamoqda, deb yozadi Tuttosport.

Bu borada Marselo “Real” rahbariyatiga murojaat ham qilgan. Qayd etilishicha, himoyachisi qishda “Yuventus”ga o‘tishni istamoqda. Shuningdek, futbolchi o‘z transferini yozgacha kutishni xohlamayotganini ta’kidlab o‘tgan.

Marseloning o‘zi ham “Yuventus”ning qiziqishlaridan xabardor. Bu o‘tish Krishtianu Ronalduning Turin klubiga transfer qilingani bilan bog‘liq.

“Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peresga esa Marseloning bu harakatlari yoqmagan, ayniqsa jamoa salbiy natijalar ko‘rsatayotgan bir vaqtda. Ammo Peres futbolchini jamoada olib qolish qiyin bo‘lishini ham tushunishi ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-10-2018, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют